Ismoil I Safaviy
Ismoil I Safaviy (1487.17.7— 1524.23.5) Eron shohi (1502 yildan), safaviylar davlati asoschisi, sarkarda, shoir. Qizilboshlilar yordamida Ozarbayjonni (1500-01), Tabrizni (1502) egallab, o’zini shoh deb e’lon qilgan. Tez orada Eron, Armaniston, Iroq va Movarounnahrning bir qismini bosib olgan (1503-10). Ismoil I davrida Safaviylar davlati ancha kengaygan. 1512 yil Ismoil I qo’shinlari Boburga Samarqand taxtini egallashga yordam beradi. Lekin, 1513 yil boshida o’zbek sultonlari Ubaydulla va Muhammad Temur qo’shinidan qattiq zarbaga uchradi. Usmonli turklar bilan bo’lgan urushda Ismoil I yengilgach (1514), o’z qo’l ostidagi G’arbiy Armaniston, Kurdiston va Iroqning bir qismidan ajradi. Mamlakat iqtisodini rivojlantirishga intilgan; ma’muriy idoralar faoliyatini mustahkamlagan; mustaqil bo’lishga harakat qilgan ko’chmanchi zodagonlar bilan urush olib borgan. Islomning shia mazxabini davlat dini deb e’lon qilgan. Turkiyzabon she’riyatning rivojlanishiga munosib hissa qo’shgan. Ismoil I o’qimishli kishi bo’lib, olim, shoir va musavvirlarga homiylik qilgan, Xatoiy taxallusi bilan she’rlar yozgan. Ismoil I g’azallar, “o’nta xat” epik dostoni (1506), “nasihat kitobi”ning muallifi. Ad.: Efendiev O. A., Obrazovanie azerbaydjanskogo gosudarstva Sefevidov v nachale XVI v., Baku, 1961.