Ismoiliylar

Ismoiliylar — 8-a. o’rtalarida Arab xalifaligida shialik yo’nalishida shakllanib, 10-11-a.lar- da yaqin va O’rta Sharqda keng tarqalgan diniy oqim tarafdorlari. I. oqimining shakllanishi Arab xalifaligida ziddi- yatlarning va xalq qo’zg’olonlarining ku- chayishi b-n bog’liq. Shialikning ba’zi tarafdorlari xalifalik taxtini egal- lagan abbosishshr b-n ma’lum darajada kelishib ish tutganlari tufayli Abbo- siylarga qarshi kurashni davom ettirish niyatida bo’lgan bir guruh shialar Imom Ja’far as-Sodiqning katta o’g’li Ismo- il (oqimning nomi shundan) atrofiga jipslashdilar. Imom Ja’far Ismoil- ni vorislikdan mahrum etib, kichik o’g’li Muso alkozimni voris qilib tayinladi. Bundan norozi bo’lgan Ismoil taraf- dorlari uning vafotidan (762 y.) keyin, o’g’li Muhammad ibn Ismoilni Imom deb tanidilar. 9-a oxirlariga kelib, ismoiliylik mustaqil diniy firqa sifatida tashkil topdi. Ular maxfiy uyushma yoki tashki- lotlar tuzdilar. Bu tashkilotlar mu- ayyan guruhlarning manfaatini ifoda etar edi. Shu davrda yunon falsafa-si, neoplatonizm, neopifagorsizm, xristi- an gnostisizmi va b. oqimlar ta’siri ostida I.ning murakkab diniyfalsafiy tizimi shakllandi. Ularning ta’limoti avvalo ikkiga: zohiriy (tashqi) — ochiq va botiniy (ichki) — maxfiy ta’limot- larga bo’linadi. Zohiriy ta’limot shia- larning umumiy ta’limotidan kam farq qiladi, bu ta’limot firqaning maxfiy ta’limotidan bexabar bo’lgan oddiy om- maga mo’ljallangan. Birinchi bor boti- niy ta’limotni movarounnahrlik Anna- Safiy (942 y. v.e.) asoslab berdi. Unga ko’ra, mutlaq Xudo o’zidan quyi bo’lgan 7 ta pog’onani ajratadi (emanasiya), ya’ni: mutlaq Xudo, olamiy akl, olamiy jon, birlamchi materiya, fazo, vaqt va ko- mil inson (ya’ni pay-g’ambar). Kamolot- ga erishgan inson (al-inson alkomil), I. ta’limoti bo’yicha, o’zida “olamiy aql”ni aks ettirgan notiq (gapiruvchi) bo’lib, u payg’-ambar maqomida bo’ladi va vahiyni insonlarga etkazib beradi, o’zida “olamiy jon”ni aks ettirgan so- MIT (jim turuvchi) esa oyatlardagi boti- niy maz-Munni tushuntirib beradi. I. tasavvurida insoniyat tarixi Odamato- dan Qoimgacha bo’lgan “buyuk davr”dir. U 7 “fitra”dan iboratki, ularning har biriga muayyan notiq (payg’ambar) to’g’ri keladi: odam, Nuh, Ibrohim, Muso, Iso, Muhammad. Har bir pay-g’ambar davri- ning ettinchi imomi ke-yingi payg’ambar (notiq)ga aylanadi. Demak, Ismoilning o’g’li Muhammad — ettinchi Imom, qoim qiyofasida ettinchi payg’ambar bo’lib ke- lishi va “qiyomat qoim”gacha hukm suri- shi kerak. O’rta asrda I. orasidan nizoriylar (hashshoshiylar), musta’liylar, druz- lar, qarmatlar ajralib chiqdi. I. ta’- limoti, xususan, qarmatlar mafkurasi Islom dinining o’ta so’l maslagi bo’lgan. O’rta asr tafakkurining yirik namoyan- dalari Rudakiy, Ibn Sino, Abu-l-a’lo al-Ma’arriy va b.ga qarmatlar mafku- rasi ta’sir ko’rsatgan. Mashhur shoir va mutafakkir Nosir Xisrav esa I.ning yirik namoyandalaridan biri bo’lgan. Hoz. davrda nizoriylar Suriya, Eron, Afg’oniston shim.da, tog’li Badaxshonda, musta’liylar Yaman, Hindiston, poki- ston, Misrda, druzlar Suriya va Livanda saqlanib qolgan.