Ismoilov Afandixon

Ismoilov Afandixon (asl ismi Sharofiddin; 1905 — Toshkent — 1985.20.2) — aktyor, rejissyor. O’zbek bolalar teatri va bolalar dramaturgiyasi asoschilaridan. O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan artist (1967). 1935-40 yillar Hamza teatrida ishlab, “nomus va muhabbat”, “Rustam” spektakllarini sahnalashtirishda aktyor va rejissyor sifatida qatnashdi. 1940-43 yillarda viloyatlar teatrlarida bosh rejissyor. 1968 yil o’zbek yosh tomoshabinlar teatri rus yosh tomoshabinlar teatridan ajralib chiqqach, unga asosiy rejissyorlik qilgan, o’zi pyesalar yozib, o’zi ularni sahnalashtirgan (“Kurash bolasi”, “g’olibiyat” va boshqalar). Repertuarni bolalar mavzusiga karatdi va asosan mahalliy mualliflar asarlari (“qon ham suv”, “qutqarish”, “besh bola”, “tosh va mosh” va boshqalar)ni sahnalashtirdi. Ismoilov ko’proq milliy dramaturgiya, milliy qahramonlar timsolini sahnada aks ettirishga harakat qilgan. Eng yaxshi rollari: savdogar (“padarkush”), Vurim (“Makr va muhabbat”), Yosuman (“Farhod va Shirin”), Luka (“zo’raki tabib”), Kochkaryov (“Uylanish”), Domla (“Yoriltosh”), Qirol (“Zolushka”), chol (“sirli sandiq”), Majid (“Ujar”), Qutmurod (“Amu qahramonlari”) va boshqalar.