Ismoilov Aminjon

Ismoilov Aminjon (1931.6.12, Toshkent) — kimyogar olim, O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan fan arbobi (1990), kimyo fanlari Doktori (1987), professor (1989), Toshkent farmatsevtika institutini tugatgan (1952). O’zbekiston Fanlar Akademiyasi polimerlar kimyosi institutida, paxta tsellyulozasi kimyosi va texnologiyasi institutida (1960-73), Bioorganik kimyo institutida laboratoriya mudiri (1973-97), 1997 yildan shu institutda bosh ilmiy xodim. Asosiy ilmiy ishlari g’o’za va unga turdosh o’simliklarning Fenol moddalari kimyosi, biologik roli, ularni tibbiyot va oziq-ovqat sanoatida qo’llashga oid. Ismoilov rahbarligida g’o’za o’simligida uchraydigan gossipol moddasi asosida “gossipol linimenti”, “megosin malhami”, “batriden tabletkasi”, “gozanidon tabletkasi” kabi shifobaxsh dorilar olingan. Beruniy nomidagi O’zbekiston Davlat mukofoti laureati (1977).