Ispravnik
Ispravnik (ruscha)-Rossiya imperiyasida uyezd politsiyasi boshlig’i. 1775 yili Yekaterina II tomonidan kapitan – Ispravnik (zemstvo Ispravniki) lavozimi joriy etilishidan to 1862 yili zemstvo sudlari tugatilgunga qadar mahalliy dvoryanlar tomonidan 3 yilga saylangan. Zemstvo Ispravniki quyi zemstvo sudini boshqargan. 1862 yil 25 dekabrdagi maxsus hujjat bilan uyezd politsiyasi va shahar politsiyasi birlashtirilgan hamda yagona uyezd politsiya boshqarmasi tuzilgan. Endilikda Ispravnik saylanmasdan, balki gubernator tomonidan tayinlanadi va Ichki ishlar vazirligi tasdig’idan o’tadi.