ISSIQ BILAN DAVOLASH, termoterapiya
ISSIQ BILAN DAVOLASH, termoterapiya — issiq b-n ta’sir qiladigan turli fizik vositalar yor- damida davolash. I. b. D.ning bir necha turi bor: balchiq b-n davolash, loy b-n davolash, parafin-ozokerit b-n davo- lash, issiq va iliq vannalar, dush, grel- ka, bug’lash, kompress qilish. I. b. D.da umumiy va mahalliy nur vannalari- ga mo’ljallangan reflektorli har xil cho’g’lanma Lam-palar, infraqizil nur beradigan Lam-palardan foydalaniladi (q. Yorug’lik bilan davolash), quruq havo vannalari, shuningdek, elektr bilan da- volash muo-lajalari qo’llaniladi. I. b. D. issiqta’sirining kuchi, davomiy- ligi, issiq qo’yiladigan joyning kat- ta-kichikligiga bog’liq; odatda, issiq ta’sir qilgan joyda qon va limfa ay- lanishi yaxshilanadi, yallig’lanish va og’riq yo’qoladi, to’qimalarning tikla- nish jarayoni tezlashadi. I. b. D.ning barcha turlari vrach buyurgandagina pe- riferik nerv sistemasi, ichki a’zolar, tayanchharakat apparati, teri kasallikla- ri va b.da qo’llaniladi.