ISSIQBARDOSH MATERIALLAR

ISSIQBARDOSH MATERIALLAR -yuqori t-Rada plastik (qaytmas) deformasiyaga qarshilik ko’rsata ola- digan materiallar. Odatda, t-ra oshgan sari metallarning mustahkamligi ke- skin pasaya boradi. Qotishmalarning yuqori issiqbardoshligi ikki asosiy fizikaviy omil — qotishmada atomlar orasidagi bog’lanishning mustahkamligi va uning strukturasi b-n belgilanadi. Zarur yuqori mustahkamlikka ega bo’lgan strukturani olish uchun qotishmaga tur- licha termik ishlov beriladi. Krtish- malar esa yuqori t-Rada plastik de- formasiyaga ko’proq qarshilik ko’rsata olishi tufayli mustaxkamligini ancha saqlaydi. Ishlatish sharoitlariga qarab, I. m. ni yuqori tralarda qisqa vaqtli (sekund-soat) mexanik nagruzkalarga tez- tez uchraydigan; yuqori tralarda nagruzka ostida o’nlab, yuzlab soatlab bo’ladigan; yuqori nagruzkalar va yuqori tralarda o’n minglab va yuz minglab soat ishlay- digan qotishmalarga bo’lish mumkin. Shunga qarab qotishma struktura-siga ta- lab ham keskin o’zgaradi. Qanday t-Rada ishlatilishiga qarab, ularni quyidagicha tasniflash mumkin: 350° t-Rada ishlati- ladigan uglerodli oddiy konstruktsion po’latlar; 350-500° — kam ligerlangan ferrit va perlit po’latlar hamda titan qotishmalari: 500 — 650° — austenite sinfidagi po’latlar; 650-800° — nikel va kobalt qotishmalar. Xrom, molibden, kremniy b-n legirlangan ferrit va Per- lit sinfidagi,po’latlar bug’qozonlarida, neft saqlash qurilmalarida, ichki yonuv dvigatellari klapanlarini yasash- da ishlatiladi. Austenit sinfida- gi issiqbardosh po’latlardan gaz tur- binalari parraklari, reaktiv turbi- nalarning detallari yasaladi. Reaktiv turbinalar parraklarini tayyorlashda nikel va kobalt qotishmalari keng ishlatiladi. Ba’zan I. m. ga qo’shimcha ishlov beriladi. Ularning sirti kor- roziyabardosh metall yoki qotishma b-n qoplanadi. Qoplama qatlami juda past kuchlanish ta’sirida ham metallning si- nishiga olib keluvchi korrozion darzlar paydo bo’lishiga yo’l qo’ymaydi. Bunday qoplamalar uchun kremniy, alyuminiy, xrom, titan ishlatiladi. I. m. dan me- Tall-keramik qattiq qotish-malar muhim guruhni tashkil etadi. Kremniy asos- li anorganik polimer materiallar ham issiqqa chidamli bo’ladi. Turli sanoat tarmoqdarida metallmas issiqbardosh material — issiqbardosh beton ko’plab ishlatiladi. U quyish pechlarining Fute- rovkasi (qoplamasi), bug’qozonlarining ustiga qoplash uchun va Marten pechlarida ishlatiladi.