ISSIQLIK ALMASHINISH, issiqlik uzatish
ISSIQLIK ALMASHINISH, issiqlik uzatish—issiqroq jismdan sovuqroq jismga issiqlik uzatilishi b-n bog’liq bo’lgan o’z-o’zidan yuz beruvchi kaytmas jarayon; mikrozarralarning tar- tibsiz harakati b-n boglik bo’lgan, ener- giyasining bir jismdan ikkinchi jismga mikroskopik ish bajarmasdan uzatili- shiga olib keluvchi jarayonlar majmui. I. a. issiklik o’tkazuvchanlik, konvektsiya va radiasiya yo’li b-n sodir bo’ladi. Isi- tuvchi sirt issiklik uzatuvchi sirt deb ataladi. I. a. da suyuqlik yoki gaz (bug’) ish muhiti hisoblanadi. I. a. nazariyasi energiyani uzatish haqidagi ta’limot- ning bir qismi bo’lib, texnik termo- dinamika b-n birga issiklik texnika- sishtt na-zariy asosini tashkil qiladi. Bug’kozonlarida, bug’va gaz turbinalari- da, pechlarda I. a. hodisasi ro’y beradi. Tabiatda uzluksiz I. a. yuz berib turadi. I. a. ning nazariy va amaliy masa-lalari issiqlik texnikasida o’rganiladi.