Istiqlol
Istiqlol (Arab. — ozodlik, mustaqillik, erkin bo’lish) — inson, millat, davlatning erkin rivojlana olish imkoniyatini ifodalovchi tushuncha. “I.”so’zi “mustaqillik” so’ziningo’zagi hisoblanadi va unga nisbatan bir-lamchi asos vazifasini o’taydi. Arab tilidan kirib kelgan bu so’zlar asrlar davomi- da qo’llanib, o’zbek xalqi tafakkuriga singib ketgan. Mustaqillikka erishish I.ning to’la ma’noda vokelikka aylan- gani, ya’ni boshqalarga tobe bo’lmay, o’z erki b-n yashash, o’zi-ni-o’zi boshqarish va o’z taqdirini o’zi belgilash kabi tamoy- illarning to’la amalga oshganini bildi- radi. I., asosan, siyosiy jihatdan erkin bo’lishni anglatadi, mustaqillik — bar- cha sohalarda to’la ozodlikka erishilga- ni, IX-tiyori o’zida ekanini ifodalaydi. O’zbekiston 1991 y. 31 avg.da o’z mustaqilligini e’lon qildi va ri- vojlanishning o’ziga xos yo’lidan bo- rib, huquqiy demokratik davlat barpo etmoqda. Sobiq mustabid tuzum davrida muomaladan chetlatib qo’yilgan “I.”va “mustaqillik” so’zlari bugungi kunda tilimizda keng qo’llanib, ma’naviyati- mizdagi asosiy tushunchalardan biriga aylandi. Ad.: Karimov I., O’zbekiston: milliy istiqlol, iqtisod, siyosat, mafkura, 1-j., T., 1996.