Istod

Istod (Polygala) — istoddoshlar oilasiga mansub ko’p yillik o’tlar turkumi. O’zbekistonda ko’pincha tog’yon bag’irlarida, o’tloqlarda o’sadi. Sibir Istodi (P. sibirica) va ensiz bargli Istod (R. tenuifolia) turlari dorivor hisoblanadi. Bu turlar serpoya, tik o’sadi, bo’yi 35 santimetr. Barglari oddiy, bandsiz, ketma-ket o’rnashgan. Gullari bir tomonlama Shingilga to’plangan. Mevasi ko’sak. Ildizi tarkibida saponin, oshlovchi moddalar bor. Preparatlari balg’am ko’chiruvchi sifatida ishlatiladi.