Italiy tillari

Italiy tillari – o’lik tillar. Qadimgi hind-Yevropa tillari oilasiga mansub. Bu guruhga lotin, falis, osk va umbr tillari kiradi. Bu tillarda gaplashuvchi xalqlar Italiyaning o’rta va janubiy qismlarida yashaganlar. Rim Italiyani bosib olgandan keyin lotin tili tomonidan siqib chiqarilgan. Italiy tillariga oid ma’lumotlar faqat tanga, turli idish va kabr toshdagi yozuvlardagina saqlanib qolgan. Rim imperiyasi qulagach, lotin tili ham barham topdi. Uning o’rnida roman tillari paydo bo’lgan.