“Italyan fan, adabiyot va san’at entsiklopediyasi”

“Italyan fan, adabiyot va san’at entsiklopediyasi” (“Enciclopedia italiana di scienze, lettere ed arti”), “Italyana” — Italiyadagi eng yirik universal entsiklopediya. 1929-39 yillarda 36 jildi Rimda nashr etilgan. Oxirgi jildi barcha nashrning ko’rsatkichi (mundarijasi)dan iborat. Oxirgi jild, shuningdek, 1938 yil bosilib chiqqan birinchi qo’shma jildning (Appendice 1) ko’rsatkichlarini ham qamrab olgan. Keyinchalik 1948 (1938-48 yillar qamrab olingan) va 1961 yillarda (1949-60 yillar qamrab olingan) qo’shimcha ikki jildligi nashr etilgan. “Italyana”ning asosiy qismi gumanitar yo’nalishda bo’lib, tarix, san’at, adabiyot, geografiya, shaxslar haqidagi ma’lumotlardan iborat. Qo’shimcha jildlarda asosiy e’tibor tabiiy fanlarga, texnikaga qaratilgan.