Itkuchala

Itkuchala (Eminium albertii) — kuchaladoshlar oilasiga mansub ko’p yillik o’t. Bo’yi 15-25 santimetr. Tugunagining yo’g’onligi 2,5 santimetrcha. Barglari och yashil, uch bo’lakli, uchi o’tkir, nashtarsimon, uzunligi 6-10 santimetr. Poyasiningbir qismituproq ostida bulib, ustki qismi yo’g’onlashgan. To’pguli ro’vaksimon, uzunligi 15 santimetrcha. Itkuchala efemer (vegetatsiya davri qisqa) o’simlik, aprel — mayda urug’laydi. Mevasi etli, sersuv, oq. Adirlarda va tog’ etaklarida o’sadi. Buxoro viloyatida keng tarqalgan. Janubiy Pomir-olay va G’arbiy Kopetdog’da ham uchraydi. O’simlik tarkibida bo’yoq moddalari, tugunagida saponinlar bor. Tugunaklari xalq tabobatida bod kasalligiga qarshi ishlatiladi.