ITTIFOQ
ITTIFOQ — Namangan viloyatidagi shaharcha (1989 yildan). Namangan shahrining shimoli-g’arbida. Yaqin temir yo’l stantsiyasi va viloyat markazi (Namangan shahri) dan 25 kilometr. Aholisi 3,5 ming kishi (2004). Namangan parrandachilik fabrikasi qurilishi munosabati bilan 1973-76 yillarda ishchi-xizmatchilar shaharchasi sifatida bunyod etilgan. Ittifoqda Namangan parrandachilik fabrikasi asosiy sanoat korxonasi hisoblanadi. Shuningdek, umumiy ta’lim maktabi, bozorcha, savdo, madaniy va maishiy xizmat ko’rsatish shoxobchalari, kutubxona, dorixona, tibbiy punkt faoliyat ko’rsatadi.