IVANOV KONSTANTIN VASILEVICH

IVANOV KONSTANTIN VASILEVICH [1890.15.(27).5 — Belebeyevsk tumani, Boshqirdiston — 1915.13.(26).3] — Chuvash shoiri. Chuvash adabiyoti asoschisi, muallim. Chuvash o’rta maktablari uchun o’quv qo’llanmalari va alifbo tuzishga hissa qo’shgan. Ilk ijodi 1905-07 yillar rus adabiyotidagi she’r va asarlarini chuvash tiliga tarjima qilishdan boshlagan. “Ikki qizim”, “ochlik ertaklari”, “temir iylagich” va “beva” balladalari, “Shaytonning kuli” fojia va boshqa publitsistik she’rlar muallifi. “Narspi” (1908) dostoni haq-huquqsiz chuvash ayoli haqida. Ivanov chuvash she’riyatida birinchi bo’lib sillabiktonik she’r tizimini qo’llagan.