Ixara, Ibara Saykaku
Ixara, Ibara Saykaku (taxallus- lari; asl ismsharifi Xirayama Togo) (1642-1693) — yapon yozuvchisi. Yapon she’riyatiga xos renga hajviy janri- da yozilgan she’riy to’plamlari e’lon qilingan. “Yolg’iz erkakning ishqiy sar- guzashtlari” (1682) kitobi mashhur. “Yolg’iz ayolning ishqiy sarguzashtlari” (1686) nomli roman ham I. kalamiga mansub. Bundan tashqari, “ishqqa mub- talo bo’lgan besh ayol” (1686) qis-Salar to’plami, “Saykakuning barcha viloyat- lardan to’plagan hikoyalari” (1685) va b. kitoblarida ishq-muhabbat mav-zusi qalamga olingan. I. umrining oxir- larida shaharliklarni odob-axloqqa chorlovchi, aslzodalar hayotiga taqlid qilmaslikni targ’ib etuvchi nasihat tarzida asarlar yaratgan (“Ey-taygura”, 1688 va b.). I. yapon yozuvchilari orasida birinchilardan bo’lib, zamonaviy shahar hayotini haqqoniy tasvirlab bergan. U uchinchi tabaqaga mansub aholining haqhuquklarini himoya qiladi, tenglik g’oyasini ulug’laydi. I.ni yaponlarning Bokachchosi deb ataydilar. U milliy ada- biyotni nafaqat yangi mazmun b-n, balki uslubiy jihatdan ham yanada boyitdi.