Ixshid
Ixshid — 1) So’g’d va Farg’ona pod- sholari unvoni (5-8-a.lar). Ilk o’rta asrlarda Movarounnahr 15 dan ortiq mayda hokimliklarga bo’linib ketgan edi. Ular turli nomda yuritilgan. Bu- xoro vohasida — buxorxudotlar va var- donxudotlar, Miyonkolda — dabusshohlar, Ustrushonada — afshinlar, Choch va ilok- da — budun va tudun va b. Ular mahalliy turkiy qabilalarning turli sulola- lariga mansub bo’lgan. Bu davlatchalar orasida Sug’d I.lari eng qud-ratli sa- nalgan. Ularning poytaxti Samarkand sh. bo’lgan. I. atrofiga shaxsiy qurolli lashkarlar — chokarlari bo’lgan badavlat dehqonlar to’plangan edi. Sug’d I.i za- rafshon va Qashqadaryo vodiylarida joy- lashgan Samarqand, Ishtixon, Maymurg’, Kushoniya, Vardona, Buxoro, Kesh va na- xshab mulklarini bir ittifoqqa bir- lashtirgan. Samarqand I.i saroyida ajdodlar ruhiga atab qurbonlik qilish uchun maxsus ibodatxona bino qilingan. Samarqand I.lari yaqin-olis davlatlar b-n elchilik aloqalari olib borganlari ma’lum. Mas, Afrosiyob devoriy rasmla- ripz. Sush I.i Varxumanning Chag’oni-yon, Choch va Xitoydan kelgan elchilarni qabul qilish marosimi tasvirlangan. Arab is- tilochilariga qarshi kurashda Sug’d I.i Tarxun katta jonbozlik ko’rsatgan. 8-a. boshida (712 y.) Samarqandni arablar bosib olgach, Sug’d I.lari poytaxtni Ishtixonga ko’chirganlar. Movarounnahr Arab xalifaligi tarkibiga kiritil- gach, I. unvoni bekor qilingan; 2) Su- riya va Misrda hukmronlik qilgan yarim mustaqil turkiy sulola (935 — 969) va- killari unvoni (yana q. Ixshidiylar).