IXTIOPATOLOGIYA MARKAZI

IXTIOPATOLOGIYA MARKAZI – “O’zbaliq” davlat kontserni huzuridagi suv havzalari va hovuzlarda etishti- riladigan baliklarning epizootic hola-tini nazorat qilish va baliq ka- salliklarini davolash markazi. 1975 y.da O’rta Osiyo zonal ixtiopatologiya ins-pektsiyasi sifatida tashkil etilgan. 1988 y.dan O’zbekistondagi baliqchilik xo’jaliklariga xizmat ko’rsatadigan IX- tiopatologiya inspektsiyasiga aylanti- rildi. 1992 y.dan hozirgi nomda. I. m.ning asosiy vazifasi “O’zbaliq” tizimidagi va mulkchilik shakllaridagi baliq etishtirish b-n shug’ullanadigan xo’jaliklarga baliq kasalliklari dia- gnostikasi, oldini olish va davolashda yordam ko’rsatishdan iborat. Shuning- dek, markaz suv muhiti taxlili, baliq ozuqalari, baliqlarning fiziologik, biokimyoviy holatini tez taxlil qilish, shuningdek, baliqchilik mahsulotlari sifatini sertifi-kasiyalash masalalari b-n shug’ullanadi. Markaz huzurida barcha yoshdagi va turdagi baliklar bo’yicha IX- tiopatologik tadqiqotlar o’tkazadigan i. ch.-diagnostika lab.si bor. Markaz sa- nitariya me’yorlari va davlat standart- lari talablariga javob beradigan na- zorat o’lchov asboblari b-n jihozlangan. Jahondagi ko’pgina mamlakatlarda shun- Day markazlar ishlaydi.