IXTIOZ

IXTIOZ (Yunoncha ichthys — baliq) – terining irsiy kasalligi; bunda teri quruqlashib, pust tashlaydi, baliq tangachasini eslatuvchi qalin muguz qatlamlar hosil bo’ladi. Ixtioz belgilari ilk bolalik davridayoq yuzaga chiqadi, balog’at davrida ro’yirost namoyon bo’ladi va umrbod davom etadi. Terining Ixtiozga o’xshab o’zgargan shakli, ko’pincha hayotda orttirilgan Ixtioz ham deb yuritiladi. U avitaminoz, moxov va boshqa kasalliklar oqibatida ro’y berishi mumkin. Davo kasallik belgilariga qarab buyuriladi: A va b vitaminlar, Vitaminlashtirilgan tibbiy baliq moyi, sodali yoki tuzli vannalar, dengizda cho’milish va hokazolar.