IXTIROCHILIK HUQUQI

IXTIROCHILIK HUQUQI – O’zbekistonda fan va texnika sohasida ixtiro yaratish, uning rasman tan oli- nishi va qo’llanishi b-n bog’liq holda vujudga keladigan ijtimoiy muno- sa-batlarni tartibga solib turadigan fuqarolik-xuquqiy me’yorlar majmui. Ixtiro fan va texnikada yangilik eka- nini isbotlash uchun u dastlabki taklif berish asosida 15 kunlik muddat ichida ekspertizadan o’tkaziladi. Ixtiro eks- pertiza uchun qabul qilingani yoki rad etilgani haqida taklif be-ruvchiga asos- li dalillar b-n yozma ja-vob yuborila- Di. Ekspertiza davomida buyurtmachiga ixtiro mazmuniga biron-bir shaklda o’zgartish yoki qo’shimcha kiritish taklif etilishi mumkin, buning uchun yana ikki oylik muddat belgilanadi. Mazkur ta- lablar o’z vaqtida bajarilgan taqdirda ixtironing birinchi marta yaratilgan- ligi fakt sifatida dastlabki taklif berilgan kundan e’tiboran tan olinadi. Taklifning ixtiro deb hisoblanishi uchun uning muallifi muayyan texnik muammoni ijodiy tarzda hal qilgan bo’lishi shart. Ixtiroga oid huquq qonun- qoidalari O’zbekiston Respublikasi FK 62bobida belgilab berilgan. Ularga binoan, bu huquq ixtirochiga patent be- rilganidagina muhofaza qilinadi. Pa- tent b-n muhofazalanadigan ixtirodan o’z xohishicha foydalanishdagi alohida huquq patent egasiga tegishlidir, bosh- ka shaxslar uning ruxsatisiz ixtirodan foydalanishga haqli emas (qonunlarda ko’zda tutilgan alohida hollar bundan mustasno). Ixtiro muallifi maxsus huquqlar, imtiyozlar b-n qonun vositasi- da ta’min etilishi mumkin.