Ixtiyorova Maryam

Ixtiyorova Maryam (1939.21.4, Xo-razm viloyati, Yangibozor tumani) — O’zbekiston xalq artisti (1997). Tosh- kent teatr va rassomlik san’ati in-tini tugatgan (1963). 1959 y.dan Muqimiy teatrining aktrisasi. Eng yaxshi rol- lari: muhabbat (“ikki bilaguzuk”), Nursuluv (“jon qizlar”), karomat (“Toshbolta oshiq”), Halima (“hali- ma”), Obidaxon (“Muqimiy”), Xolisxon (“Xolisxon”), Mengli (“Mahtum-quli”), Jumagul (“Qoraqalpoq qizi”), Xonuma (“Xonuma xonim”), Rayhona (“to’ydan oldin tomosha”), Qutlug’ni-gor (“har kimki jafo qilsa”), Omina (“Ibrohim Alayhussalom tavalludlari”), Zubayra (“Kuyovlar konkursi”), Qaynona (“Super qaynona”) va b. “Ko’ngil ko’chalari” VI- deofilmidagi Gulsanam roli b-n yanada elga tanildi. I. lirik va xarakter-1 li rollar ustasi, hajviy rollarning mohir ijrochisi sifatida tanilgan. Samimiyat, hayotiy talqin, sahna harakatlarining aniqligi I. ijodiga xos.