Izmaylova Galiya Bayazitovna
Izmaylova Galiya Bayazitovna (1923.12.2, Tomsk) — balet artisti, ba- letmeyster. O’zbekiston xalq artisti (1951). Toshkent balet maktabini (1941), Toshkent teatr va rassomlik san’ati in-ti (1961)ni tugatgan. 1941 y.dan na- voiy teatrining etakchi balet yakkaxo- ni, 1977-85 y.lar bosh baletmeyster, 1985 y.dan baletmeyster. Semurg’ (“Oq bilak”), Mariya, Zarema (“Bokchasa- Roy favvorasi”) kabi ilk rollaridayoq qahramonlar ichki du-nyosini ifodali harakatlar orqali ochib berishga intil- gan. Eng yaxshi rollari: Kitri (“don Kixot”), gulo-YIM (“qirq qiz”), Tao- Xoa (“Lola-qizg’aldoq”), Odetta-odi- liya (“Oqqush kuli”), Xuanita (“don Juan”), Gulnora (“Raqqosa”), Karmen (“Karmensyuita”), Layli (“Layli va Majnun”), Chundari (“Sevgi tumori”), Egina (“Spartak”) kabi obrazlari ba- diiy yuksakligi, ijro texnikasining mukam-malligi, Evropa mumtoz raqsini an’-anaviy o’zbek raqs harakatlarida uyg’unlashtirilishi b-n ajralib turadi. “Oqqush kuli”, “Navruz”, “Shahrizoda”, “Sevgi tumori”, “Kashmir afsonasi”, “Sevgi afsonasi”, “Boqchasaroy Favvo- rasi”, “Esmeralda”, “orzu”, “Knyaz Igor”, “Buron”, “Faust”, “Zebunniso”, “Umar Xayyom”, “Al Farg’oniy” kabi ope- ralarning raqslarini sahnalashtirgan. I. yangi turdagi o’zbek mumtoz raqs maktabi asoschilaridan. U Farg’ona, Bu- xoro, Xorazm xalq raqslari va Evropa raqsining ijobiy ta’sirida zamon mum- toz rake miniatyuralarining yaratuvchisi va mohir ijrochisi sifatida tanildi. M. Ravelning “Bolero” baleti, shuning- dek, M. Ashrafiyning “Dilorom” opera- si uchun “So’g’diyona”, “Xindi”, “Arab” va “Farg’ona” kabi mustaqil xoreografik miniatyuralar yaratdi. Qardosh xalqlar, Sharq va b. xalqlarning milliy xore- ografik san’atini o’rganib, “Jahon xalqlari raqslari” kontsert dasturini tuzdi. Uning repertuarida Hindiston, in- doneziya, Myanma, Suriya, Misr, Meksi- ka, Argentina, Kuba kabi turli mamlakat xalqlarining milliy raqslari mavjud. I. “Bahor”, “Lazgi” va b. ansambllarda ko’pgina raqslar sahnalashtirgan. Bir qancha mamlakatlarda gastrolda bo’lib, tomoshabinlarni o’zbek xalq raqslari b-n tanishtirgan. I.ga bag’ishlangan “umr- ga teng raqs” filmi suratga olingan (1984). Hamza nomidagi O’zbekiston dav- lat mukofoti laureati (1970). “Shuhrat” medali (1997), “Do’stlik” ordeni (1998) b-n mukofotlangan. Ad.: Avdeeva L., Galiya Izmaylova, T., 1975. Mohina Ashirova.