Izobutilen
Izobutilen, SN2=S(SN3)2 -to’yinmagan uglevodorod, rangsiz gaz. Qaynash temperaturasi — 6,9°; suyuqlanish temperaturasi — 140,35°; suyuq Izobutilenning zichligi 594 kg/ m3 (20°). Suvda yomon, spirt va efirda yaxshi eriydi. Olefinlarning barcha xossalarini namoyon qiladi. Vodorod, galogenlar, galogenvodorodlar bilan kimyoviy reaktsiyaga kirishadi. Katalizatorlar (masalan, Ag2O) ishtirokida havo kislorodi ta’sirida oksidlanib, epoksidlar, Kmpo4ning ishqoriy eritmasi ishtirokida glikollar, NYU4, (SN3SOO)4R va boshqa oksidlovchilar ta’sirida parchalanib karbonil birikmalar hosil qiladi. Suyuq neft mahsulotlari va gazlari krekingi va piroliziyaa oraliq mahsulot sifatida hosil bo’ladi. Toza Izobutilen izobutanni katalitik degidrogenlash yo’li bilan olinadi. Izooktan, izopren va boshqa texnik mahsulotlar olish uchun ishlatiladi.