Izochiziqlar
Izochiziqlar — geografik xaritada bir xil qiymat miqdordagi nuqtalarni, masalan, ATM. bosimi, ATM. yog’inlarining qalinligi, miqdori, havo temperaturasi va hokazolarni birlashtiruvchi chiziqlar. Xaritagrafiyada keng qo’llaniladi. Izochiziqlar yordamida xaritalarda muayyan hodisalarning turli tavsifi — ularning mavsumiy o’zgarishi, siljish tezligi, davriy takrorlanishi ko’rsatiladi. Aromatik Izochiziqlarning alifatik Izochiziqlarga nisbatan reaktsiyaga kirishish xususiyati yuqori. Elektronaktseptor o’rinbosari reaktsiyaga kirishish qobiliyatini oshiradi, elektrondonorlar esa pasaytiradi. Izochiziqlar usulida tuzilgan xaritalarda chiziqlar oralig’i bo’yalib ko’rsatilsa (tasvirlansa) xaritalarning o’quvchanligi oshadi. Aholi zichligini tasvirlovchi xaritalar, temir yo’l yoki avtomagistral yo’llardan bir xil masofada joylashgan yerlar, tog’li hududlarda bir xil balandlikda joylashgan aholi soni va aholi yashaydigan joylar soni, qishloq xo’jalik xaritalarida yetishtiriladigan mahsulotning hosildorligini tasvirlashda va hokazolarda bu usuldan foydalaniladi.