Izohli lug’at
Izohli lug’at — lingvistik lug’at turlaridan biri. Unda, birinchi- dan, lug’atga kiritilgan har byr so’zning (bosh so’zning) ma’nosi, ko’p ma’noli bo’lsa, ma’nolari belgilanadi va qayd etiladi. Ikkinchidan, bu ma’no (ma’- nolar) izohlanadi, ya’ni tushuntiriladi — tavsifiy yo’l b-n qayd etiladi. Xuddi shu xususiyatiga ko’ra “izohli lug’at” deb ataladi. I.l.ga muayyan so’z ishtirokida hosil bo’lgan iboralar ham kiritilishi mum- kin (chunki ular ham, umuman olganda, lug’aviy birlik hisoblanadi). Mac, “qo’l” yoki “gul” so’zlari uchun tuzilgan lug’at maqolasidan birida “qo’li gul” iborasi ham beriladi, ma’nosi bel- gilanib qayd etiladi va izohlanadi. Lingvistik lug’atlarning boshqa turla- rida ham (mas, terminologik, tarjima lug’atlarida) ularga kiritilgan lug’aviy birliklarning, ya’ni so’z va turg’un bi- rikmalarning ma’nosi (ma’nolari) bel- gilanishi qayd etilishi va izohdanishi mumkin. Bunday lug’atlar ham ana shu xususiyati b-n I.l.lar qatoriga kira- Di. Ular, odatda, lingvistik lug’atning qaysi turiga mansubligiga va izohli ekaniga ko’ra nomlanadi. Mas, “O’zbek tili sinonimlarining izohli lug’ati”, “Tilshunoslik terminlarining izohli lug’ati” va b. O’zbek tilining nisbatan mukammal I.l.i tarixda birinchi marta O’zbekiston FA til va adabiyot intida tay-yorlanib (mualliflari: S. F. Akobirov, T. A. Aliqulov, S. I. Ibrohimov, N. M. Ma- matov, 3. M. Mirtojiev, G. N. Mixaylov, A. R. Rustamov, A. T. Xo’jaxo-Nov, A. P. Hojiev), 3. M. Ma’rufov tahriri osti- da nashr etildi (Moskva, 1981). Mazkur lug’at 2 jildli bo’lib, 60000 so’z va so’z birikmasini qamrab olgan. O’zbekiston mustaqillikka erishib, madaniy va milliy qadriyatlarga e’ti- bor kuchayganligi munosabati b-n o’zbek tilining so’z boyligi yanada kengroq qamrab olingan yangi I.l. nashr etish za- rurati paydo bo’ldi. O’zbekiston FA til va adabiyot in-ti va “O’zbekiston milliy entsiklopediyasi” davlat ilmiy nashri- yotida o’zbek tilining ko’p jildli I.l.i nashri ustida ish olib borilyapti.