IZOLYATSIYA
IZOLYATSIYA (texnika va qurilishda) — asbob-uskunalarni, shuningdek, bino va inshootlarning to’suvchi konstruktsiyalarini ishlatish va boshqalarda atmosferaning zararli ta’sirlaridan himoya qilish; elektr yoki issiklik energiyalarining yo’qolishini oldini olish bo’yicha, elektrotexnik quridmalar, ro’zg’orda ishlatiladigan elektr asboblar yordamida energiyadan xavfsiz foydalanish bo’yicha, asbob-uskunalarning shovqinsiz ishlashi bo’yicha tadbirlar majmui. Masalan, binolar, issiklik qurilmalari, sovitish kameralari va boshqa ob’yektlarning atrof muhit bilan keraksiz issiqlik almashinuvini oldini olish uchun ob’yektlar issiqlik izolyasiya materiallari bilan bir yoki bir necha qatlamda o’raladi (to’siladi).