Izomeriya
Izomeriya (izo… va Yun. meros — qism, bo’lakcha) — tarkibi va moleku-lyar massasi bir xil bo’lib, tuzilishi, fizik hamda kimyoviy xossalari har xil bi- rikmalar mavjudligi. Aso-san, organik birikmalarda uchraydi. Strukturaviy va fazoviy I. farq qilinadi. Strukturaviy I. molekulada atomlarning bog’lanish tartibi b-n ajralib turadi. Turlari: 1) uglerod skeleta I.si — tarkibi va mole- kulyar massasi bir xil bo’lgan molekula skeletini hosil qiluvchi uglerod atom- lari orasidagi bog’larning turli tarti- biga bog’liq, mas, pentanning 3 ta izome- ri bor: normal pentan (I), izo-pentan (II) va tetrametilmetan (III). Molekulada uglerod atomi soni ortib borgan sayin keyingi kelayotgan har bir uglevodorod uchun izomerlar soni ham ortib boraveradi. Geksan S6N]4 ning 5 ta izomeri ma’lum bo’lsa, dekan S10N22 ning 25 ta izomeri ma’lum va h.k.; 2) o’rin I.si — bir xil uglerod skeletida vodo- rod b-n Alma-shinuvchi atomlar, funktsio- nal guruhlar yoki qo’sh bog’larning mole- kulada har xil joylashishi, mas, xlor al- mashgan propanlar: SN3—SN2—SN2S1 va SN3-SNS1-SN3; 1-buten SN3SN2SN = SN2 va 2-buten SN3SN= = SNSN3. Skelet I.si b-n o’rin I.si bir vaqtning o’zida uchrashi ham mumkin; 3) Dina- mik I.-tautomeriya — ma’lum sharoit- da muvozanatda bo’lgan bir-biriga oson o’tadigan ikki yoki undan ortiq isomer shaklning mavjudligi; 4) metameriyada ko’p valentli atom (kislorod, azot va b.) ga har xil tarkibli va turlicha tuzilgan radikallar bog’langan; mas, S4N|0o od- diy efirining ikkita izomeri ma’lum: SN3— o—SN2SN2SN3 (metilpropil efir), SN3SN2—o—SN2SN3 (dietil efir). Optik I. molekulalarning asimme- trik joylashuvidan kelib chiqadi (q. Stereokimyo). Izomerlar kimyoviy tuzilishi har xil bo’lganidan fizik va kimyoviy xossalari b-n farq qiladi. Oddiy organik birik- malar, to’yingan va to’yinmagan uglevo- dorodlarning izomerlari, avvalo fizik xossalari (qaynash, Su-yuqlanish tralari va b.) b-n farq qiladi, funktsional gu- ruxari bor murakkabroq organik birik- malarning izomerlari fizik xossalari b-n ham, kimyoviy xossalari b-n ham farq qiladi. Optik izomerlarning kimyoviy xossalari, shuningdek, polyarizasiyalan- gan yorug’likni burish xossasidan bo-shqa deyarli hamma fizik xossalari bir xil. I.ni ilk bor nemis kimyogarlari yu. Libix va F. Vyoler kuzatgan (1823); bu terminni I. Berselius taklif etgan (1830). Kimyoviy tuzilish nazariyasi hali noma’lum izomerlar muvjudligini ol- dindan bilishga imkon ber-Di, buni A. M. Butlerov isbot etdi (1864). Ad: Slanina 3., Teoreticheskie aspek- ti yavleniya izomerii v ximii, Per. s chesh., M., 1984; Potapov V. M., Stereoxi- miya, M” 1988. Qudrat Axmerov.