IZOPRENOIDLAR

IZOPRENOIDLAR — izoprenning polimerlanishi, tsiklizasiyalanishi, oksidlanishi natijasida hosil bo’ladigan mahsulotlar. Izoprenoidlar organizmlarda mevalon kislotadan biosintezlanish natijasida hosil bo’ladi. Izoprenoidlarga terpenlar va ularning hosilalari, sterinlar, steroidlar, tabiiy kauchuk, karotinoidlar, ksantofillar (gormonal moddalarga kiradigan xillari bor) va boshqalar kiradi.