IZOTONIK ERITMALAR

IZOTONIK ERITMALAR – osmotik bosimi qonning osmotik bosimi bilan, shuningdek, o’simlik yoki hayvon hujayralaridagi osmotik bosim bilan baravar bo’lgan eritmalar. Sun’iy Izotonik eritmalar fiziologik eritmalar deb yuritiladi. Tibbiyot amaliyotida, shuningdek, fiziologik eksperimentlar (tajribalar) o’tkazishda keng qo’llanadi.