Izotop indikatorlar
Izotop indikatorlar – izo- top tarkibi b-n tabiiy izotoplardan farq qiladigan va har xil jarayonlarni o’rganishda belgi sifatida ishlatila- digan moddalar. Kimyoviy elementlar- ning barqaror yoki radioaktiv izotopla- ri I. i. vazifasini bajaradi. Ularni aniqlash va mikdorini belgilash oson. I. i.ning uziga xosliligi ularni har qanday murakkab sistemalar, jumladan, tirik organizmlarda moddalar almashi- nuvi, taqsimlanishi va o’zgarishlarini kuzatib borishga imkon beradi. Tur- li jismlarning, mas, metallarning diffuziya koeffi-tsientini topishda, tuproqdagi elementlarning o’simlik ta- nasiga singi-shini, hayvon va o’simlik to’qimalaridagi hayot faoliyatini kuza- tishda ham I. i.dan foydalanish qulay. I. i. usuli bir element turli izotopla- rining kimyoviy xossalari deyarli bir xil bo’lishiga va, ayniqsa, radioaktiv izo-toplarni aniqlash osonligiga asos- langan. Bu usuldan foydalanishda belgi-li atomlarning qayta taqsimlanishiga (demak, birikmaning belgini yo’qoti- shiga) sabab bo’la oladigan izotop al- mashuvi reaktsiyalarini, ba’zan jara- Yonning borishiga radioaktiv nurning ta’sir etishidan kelib chiqadigan radia- tsion effektni hisobga olish zarur. Bel- gili izgotop sifatida ishla-tiladigan izotop o’rganilayotgan birikma tarkibiga kiritiladi. I. i. usulini 1913 y. vengriyalik ki- myogarlar D. Xeveshi va F. Panetlar ta- Klif etgan. Birikma molekulasidagi tur- li atomlarning qanday bog’langanligini aniqlashda ham I. i. usuli tat-biq eti- ladi. 270 dan ortiq barqaror va 1000 dan ortiq radioaktiv izotoplar ma’lum. Ko’pincha 2n, 13S, I5N, I8O va b. barqaror izotoplar sifatida qo’llaniladi. Ular tabiiy izotoplar aralashmasidan turli usullar (haydash, diffuziya, termodiffuziya, izo- top almashuvi, elektroliz) b-n olinadi. Radioaktiv izotoplarni tanlashda ularning yadroviy tavsifi, yarim emiri- lish davri, turi va nurlanish energiyasi- dan foydalaniladi. Sun’iy radioaktiv izotoplar sifatida 3N, 19s, NR, 35S, 45Ca, 5lCr, 59Fe, mso, 89Sr, “5Zr, 95Nb, IO0Ag, I3II va b. ishlatiladi. Kristallarda aralashma bir tekis tarqalganligini, o’simliklarda fos- forning qaerda yig’ilishini, analitik va texnologik sxemalarni tekshirishda, organizmda moddalar almashinuvi va tezligini, o’g’itlarning sama-radorligi- ni aniqlashda, miqdoriy analizda, turli jarayonlar mexanizmini anikdashda I. i.ning ahamiyati katta. Texnikada domna va b. pechlarda gazlarning harakatini, eritish pechlarida turli elementlar (ol- tingugurt, kremniy, fosfor, marganes va b.)ning metall b-n toshqol orasida taqsimlanishini o’rganishda I. i. qo’l keladi. Ad: Radioaktivnie indikatori v XI- MII. [Osnovi metoda, pod Red. V. B. Lu- kyanova] Zizd., M., 1985. Ashraf Eminov.