IZRAELYAN
IZRAELYAN Georgiy Semyonovich [1900.2.3.(15.3), Ozarbayjon, Chay- kent qishlog’i — 1992.13.6, Toshkent] — opera xonandasi (bariton), pedagog. O’zbekiston xalq artisti, prof. (1967). Moskva konservatoriyasini tugatgan (1935). Moskva kon-servatoriyasi opera studiyasi (1937— 39), Toshkent rus opera va balet teatri xonandasi (1939-48), Di- rektori (1939-41), K. Stanislavskiy va V. Nemirovich-Danchenko nomidagi opera teatr studiyasi (1948-50), Navoiy no- midagi opera va balet teatri (1955-72) xonandasi. Toshkent konservatoriyasida pedagog (1939-48 va 1955 y.dan), vo- kal ka-fedrasining mudiri (1957-78). O’zbek operalarida bo’ron, Xudoyorxon (S. Vasilenko, M. Ashrafiy, “Bo’ron”, “Ulug’ kanal”), mumtoz operalarda Boris godu- Nov (M. Musorgskiy, “Boris Godunov”), Demon (A. Rubinshteyn, “Demon”), Me- fistofel (Sh. Guno, “Faust”), Figaro (J. Rossini, “Sevilya sartaroshi”), Amonasro (J. Verdi, “Aida”) va b. par- tiyalarni ijro etgan. Ovoz diapazoni keng, chiroyli, tiniq tembrga ega. Kamer repertuaridan chet el kompozitorlari- ning romanslari, xalq qo’shiklari o’rin olgan.