J

J — o’zbek kirill alifbosining sakkizinchi harfi. Undosh, jarangli, til oldi, portlovchi tovush. So’z boshida (jiyda, jar, jayran), o’rtasida (gijda, ajrim) va so’z oxirida (boj, toj) kela oladi. Qipchoq shevalarida adabiy tildagi “y” o’rnida (yo’l-jo’l, yomon-jomon) keladi. O’zlashtirilgan so’zlarda sirg’aluvchi holatda so’z boshida (jurnal), o’rtasida (ajdar) va oxirida (garaj) uchraydi. Tub O’zbekcha so’zlarda so’z oxirida qo’llanilmaydi. Turkiy xalqlar, shu jumladan o’zbek xalqi uchun umumiy bo’lgan yozuvlarda J harfi o’ziga xos shaklda bo’lgan.