JABAL-DRUZ

JABAL-DRUZ, Ad-Druz — Suriya Janub va Iordaniyadagi vulkanik massiv. Eng baland joyi 1803 metr. Yon bag’ri va cho’qqilari pliosen davrida harakatda bo’lgan vulkan kraterlaridan iborat. Asosan bazaltlardan tuzilgan. Keng LAVA maydonlari bilan o’ralgan. Cho’l o’simliklari o’sadi.