JABBOROV ISO
JABBOROV ISO (1929.30.12, Toshhovuz shahri, Turkmaniston) — etnograf va faylasuf olim. O’zbekiston Respublikasida xizmat ko’rsatgan fan arbobi (1995), falsafa fanlari Doktori (1973), professor (1974). Moskva davlat universitetini tugatgan (1951). O’zbekiston Fanlar Akademiyasi Tarix instituti katta ilmiy xodimi (1954— 1964), ToshDU dotsenti (1964-1967), partiya ishlarida (1967-70), ijtimoiy fanlar akademiyasi doktoranti (1970-1972), ToshDU kafedra mudiri (1973-1997), Temuriylar tarixi davlat muzeyi bo’lim mudiri (1997 yildan). Ilmiy ishlari etnografiya, tarix, falsafa, dinshunoslik muammolariga bag’ishlangan. Uning G. Dresvyanskaya bilan hammualliflikdagi “Ruhlar, avliyolar, O’rta Osiyo xudolari. Din tarixi ocherklari” (“duxi, svyatie, bogi Sredney Azii. Ocherki po istorii religii”, T., 1993) kitobi Xitoy tilida nashr qilingan (Pekin, 2002). “Shuhrat” medali bilan mukofotlangan (1995). As: ko’hna xarobalar siri, T., 1968; Jahon xalqlari etnografiyasi, T., 1984; O’zbek xalqi etnografiyasi, T., 1994; Antik madaniyat va ma’naviyat xazinasi, T., 1999; Buyuk Xorazmshohlar davlati, T., 1999.