JABG’UKAT

JABG’UKAT (jabg’u va sug’dcha kat — shahar) — Binkat (qadimgi Toshkent) shahridan taxminan 12-14 kilometr shimoli- Sharqdagi qadimgi shahar. Jabg’ukat nomi “hudud ul-olam” (10-asr) asarida qayd qilingan: “Jabg’ukat go’zal shaqar, Chochning harbiy lashkargohi shu yerda bo’lgan”. Jabg’ukat o’rnida hozirgi Bo’zgontepa arxeologik yodgorligi joylashgan.