JAHON AXBOROT AGENTLIGI

JAHON AXBOROT AGENTLIGI — O’zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining axborot agentligi. 1995-yil 8-noyabrda tuzilgan. Asosiy vazifasi – xorijiy mamlakatlarni O’zbekistonning siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy hayoti to’g’risida o’z vaqtida, malakali xabardor qilish uchun milliy axborot agentliklari va xalqaro axborot markazlari bilan doimiy aloqani ta‘minlash; respublika hayotiga oid axborot byulletenlari, ma‘lumotnomalar, kataloglar, bukletlar, gazeta va jurnallar nashr etish, kompyuter, foto hamda audio-vizual mahsulotlari tayyorlash va chet ellarda tarqatish; xorijiy mamlakatlar iqtisodiyoti, jahon bozori kon‘yunkturasi, xalqaro tashkilotlar, O’zbekiston bilan hamkorlik qilishdan manfaatdor bo’lgan yetakchi xorijiy kompaniyalar va firmalarning faoliyati to’g’risida axborot to’plash va uni respublikada ommalashtirishdan iborat.