Jahon tillari
Jahon tillari – yer yuzida hozirgi yashayotgan va qadimgi yashab o’tgan xalqlarning tillari. Jahon tillari umumiy soni turli manbalarda 2500 dan 5000 va undan ortiq deb ko’rsatiladi (bularning aniq sonini belgilash juda murakkab, chunki tillar o’rtasidagi va bir tilning dialektlari orasidagi farqlar nihoyatda shartlidir). Jahon tillari ichida keng tarqalganlari (so’zlashuvchilar soniga ko’ra) quyidagilar: Xitoy, ingliz, rus, ispan, hind va urdu, indonez, Arab, Bengal, portugal, yapon, nemis, frantsuz, italyan, Panjob, telugu, koreys, maratxa, tamil, ukrain va boshqalar. Qardoshligiga ko’ra Jahon tillari tillar oilasida birlashadi. Bulardan eng keng tarqalgani hind-yevropa tillari oilasiga mansub tillardir. Mazkur tillar taraqqiyoti tarixida qadimgi hind davri — vedalar, sanskrit tili, o’rta hind davri — pali va prakriti tili, so’nggi hind davri — hozirgi hind va unga yaqin bo’lgan urdu, Bengal, maratha, Panjob, Gujorat, oriy Sindxi, Nepal, Singal va boshqalar alohida ajralib turadi. Eron tillari genetik jihatdan hind tillariga eng yaqin tillar hisoblanadi. Bular orasida qadimgi Eron tili — qadimgi fors, ovasta, skif tillari; o’rta Eron — o’rta fors (pahlaviy), Parfiya, Sug’d, Xorazm va boshqalar; so’nggi Eron — fors, pushtu (afg’on), kurd, osetin, Pomir, tojik va boshqa tillar alohida ajratib ko’rsatiladi. Bu tillar vakillari miloddan avvalgi 3-ming yillikda G’arbiy Osiyo va shimoliy Qora dengiz va Kaspiy bo’yi hududlariga tarqay boshlaydi. Qadimgi Hind tilidagi matnlarning dastlabkilari miloddan avvalgi 1-ming yillikda yozilgan bo’lib, prakriti tillari ulardan rivojlanib, ajralib chiqqan, o’z navbatida bu tillardan so’nggi hind tillari — hind, urdu, Bengal, maratha, Panjob, Rajastxon, gujorat, oriy va boshqa tillar vujudga kelgan. Miloddan avvalgi 1-ming yillikdan boshlab Yevropada hind-yevropa tillarining g’arbiy guruhiga mansub tillardagi yozuv yodgorliklar ma’lum. Bular o’lik italiy tillar bo’lib, lotin, falisiy, osk, umbars va boshqa;ar shu guruhga mansub. Lotin tilining mahalliy turidan roman tillari tarkib topadi: bular — ispan, portugal, frantsuz, katalon, provansal, italyan, sardin, reto-roan, rumin, moldovan va boshqa tillardir. Kelt tillari ham italiy tillariga yaqin turadi va hind-yevropa tillari oilasining alohida guruhini tashkil etadi. Buning tarkibiga hoz. Breton, val (Uels-Breton), irland, shotland, gel, mena, shuningdek, o’lik galla va Kornuel (korn) tillari kiradi. Qadimgi hind-yevropa tillari oilasi guruhiga german tillari ham kiradi. Hozirgi German tillari quyidagi guruhchalarga bo’linadi: 1) shimoliy german (yoki Skandinaviya) guruhchasi. Buning tarkibiga shved, norveg, dan, Island va fareriya tillari kiradi; 2) g’arbiy german guruhchasi. Buning tarkibiga ingliz, nemis, Niderland (golland), Friz, idish va Afrika tillari kiradi. Sobiq Sharqiy german guruhchasiga kirgan tillar (got va boshqalar) o’lik tilga aylangan. Hind-Yevropa tillari oilasiga kiruvchi baltlar va slavyan tillari guruhlari bir-biriga yaqin turadi. Boltiq tillari tarkibiga hozirgi latish, Litva, shuningdek, ulikpruss va boshqa tillar kiradi. Slavyan tillari guruhida: Sharqiy slavyan — rus, ukrain va Belorus; g’arbiy slavyan — polyak, Chex, slovak, Lujisa va o’lik polab tillari; Janubiy slavyan tillari guruhida esa serb-xorvat, sloveniya, bolgar, makedon, shuningdek, eski slavyan tillari bor. Grek, arman va alban tillari hind-yevropa tillari oilasining alohida guruhini tashkil etadi. Xet tili, toxar tili, frigiy, frakiy, illiriy va b. tillar ko’hna hind-yevropa tillaridan hisoblanadi. Som-xom tillari (an’anaga ko’ra afrika-Osiyo tillari oilasi deb ham ataladi) tarkibiga som tillari (ulik Akkad, eblait, ko’hna xanaan, qadimgi yahudiy, qadimgi oromiy, efiop va boshqa tillar, shuningdek, hozirgi ivrit, Arab, amxara, tikrika va boshqa tillar), barbaraliviya, Chad (bular orasida eng ko’p tarqalgan — xausa), kushit (Somali, galla va boshqalar), allaqachon o’lik tilga aylangan Misr tili, undan kelib chiqqan kott tili kiradi. Finugor tillari, bir tomondan, ugor tillari (Venger, Xanti va Mansi tillari) ga, ikkinchi tomondan, 4 guruhchaga: Perm (udmurt, komiziryan va komipermyak) tillari, Volga (Mari va mordva) tillari, Boltiq bo’yifin (fin, eston, Kenel va boshqalar) tillari va suomi tillariga bo’linadi. Turk, o’zbek, Ozarbayjon, tatar, qozoq, qirg’iz, qoraqalpoq, chuvash, boshqird, Saxa, gagauz, qorayim va b., shuningdek, bir qator ulik tillar turkiy tillar oilasini tashkil etadi. Bu tillar quyidagi guruhlarga birlashadi: 1) bulg’or (Chuvash tili shunga mansub); 2) Janubiy-g’arbiy (turk, Ozarbayjon, turkman va boshqa tillar); 3) shimoliy-g’arbiy (tatar, boshqird, qorayim, qumiq, no’g’oy, qoraqalpoq, qozoq tillari va Oltoy tillariga birlashib qirg’iz- qipchoq guruhini tashkil etuvchi qirg’iz tili); 4) Janubiy-Sharqiy (o’zbek va uyg’ur tillari); 5) shimoliy-Sharqiy (Saxa Respublikasi, Sibir va Oltoydagi boshqa tillar, shuningdek, ulik turkiy tillar, ya’ni qadimgi turkiy yozuvdagi Urxun-Yenisey va boshqa yozuv yodgorligi bitilgan tillar). Buryat, hozirgi mo’g’ullarning o’z tili va bularga yaqin qalmoq, oyrot va boshqa tillar mo’g’ul tillarini tashkil etadi. Tungus- manjur tillari tarkibiga manjur, even va boshqa tillar kiradi. Jahon tillari orasida yapon tili (unga qardosh bo’lgan ryukyusi tili) aniq o’z o’rniga ega emas. Ba’zi olimlar bularni (koreys tilini ham) Oltoy tillari guruhiga qo’shadilar. Dravid tillari tarkibiga telugu, Tamil, Kannada, malayalam, tulu, gondi va boshqa tillar, shuningdek, bularga qardosh Elam tili kiradi. Ba’zi ilmiy farazlarga ko’ra, hind- Yevropa, som-xom, kartvel, O’rol, Oltoy, dravid tillari yagona ulkan tillar oilasini tashkil etadi. Kartvel (Janubiy Kavkaz) tillari tarkibiga gruzin, zan (yoki mergelochan) va Svan tillari kiradi. Shimoliy Kavkaz tillari 3 guruhdan — abxaz, adigey, nax va Dog’iston tillari guruhidan iborat. Xitoy-Tibet tillari tarkibida Xitoy, Tibet-birma (Tibet, birma, ulik tangut, Kachin), shuningdek, himolay, nevar va boshqa tillar bor. Ba’zi tasniflarga ko’ra, avstronez tillari alohida oilani tashkil etadi va monkxemer, palaungva, Vetnam, malakka, munda, Myao-Yao va boshqa tillarni o’z ichiga oladi. Malayya-Polineziya tillari ko’pchilik olimlar tomonidan bir oilani tashkil etadi deb hisoblanadi. Uning tarkibi, an’anaga ko’ra, 4 guruhga bo’linadi: indonez tillari, melanez tillari, polinez tillari va mikronez tillari. Osiyo qit’asidagi tillar orasida kelib chiqishiga ko’ra, turlicha bo’lgan paleoosiyo tillari alohida o’rin tutadi. Paleo-Osiyo tillari va ulib borayotgan ayna tilida shimoliy Amerika indeyslari tillariga xos xususiyatlar uchraydi. Avstraliya tillari bitta oilani tashkil etadi. Garade, narineri, mudura, Aranda, vadyug va boshqa qabilalarning tillari shu oilaga mansub. Hind-tinch okean (shu jumladan, ko’p sonli papuas tillari) va Andaman tillarining bir-biriga qardoshligi aniqlangan. Afrika tub aholisining tillar tasnifi tugal ishlangan emas. O’z tarkibiga eng kup tillarni nigerkordofan yoki Kongo-Kordofan oilasi birlashtirgan. Bu oilaga mande, kVA, bantu (shulardan eng kup tarqalgani suaxili), gur va boshqa tillar guruhi kiradi. Afrika xalqlari tillari orasida koysan tili (gottentot va ba’zi boshqa tillar) alohida o’rinni tutadi. Indeys tillari tugal tadqiq etilmagan, o’zaro genetik aloqalari xususida aniq, ilmiy ma’lumotlar yo’q. Jahon tillarining anchaginasi haqidagi ma’lumotlar bizgacha saqlanib qolgan qadimgi yozuv yodgorliklaridan ma’lum, ko’pgina tillar esa izsiz yo’qolgan. Janubiy-Sharqiy Osiyo, Afrika va Amerika xalqlari tillarining tasnifi ishlab chiqilmagan. Shuning uchun insoniyatning til tarixi hozirgi fanda uncha to’liq yoritilgan emas. Ad.: Atlas narodov mira, M., 1964; Abdurahmonov T. A., Rustamov A., Qadimgi turkiy til, T., 1982.