Jakkard mashinasi

Jakkard mashinasi – to’quv stanogining homuza (Zev) ochish mexanizmi. Yirik gulli va katta rapportli gazlamalar (Masalan, dasturxon, adyol, choyshab, deraza parda va boshqalar) to’qishda qo’llaniladi. Frantsuz mexanigi Jakkard mashinasi Jakkard kashf etgan (1808). Jakkard mashinasi asosan ikki qism: ko’tarish mexanizmi va gul (naqsh) mexanizmidan iborat. Har qaysi tanda ipini yoki tanda iplar da- stasini alohida yo’naltirishga imkon beradi. Unda arqoq ipi bir-biridan mustaqil harakatlanadigan ilmoqlar yordamida ko’tariladi. Jakkard mashinasining boshqa homuza ochish mashinalaridan farqi shundaki, uning yordamida tanda iplari qismlar bo’yicha emas, balki har biri alohida ko’tariladi va tushiriladi. Jakkard mashinasi bir ko’tarilmali va ikki ko’tarilmali bo’lishi mumkin. Bir ko’tarilmalisida ochiq yoki yopiq, ikki ko’tarilmalisida ochiq yoki yarim ochiq homuza, ya’ni gazlama to’qish uchun tanda iplarining bir qismi ko’tarilib, ikkinchi qismi pastga tushib turganda bo’shliq hosil bo’ladi. Unga moki yordamida arqoq iplari tashlanadi. Ko’tarish mexanizmi asosan pichoq va ilgaklardan iborat bo’ladi. Jakkard mashinasi asosan 400, 600, 800, 1320 va undan ko’p ilgakli bo’lishi mumkin.