Jako, bo’z to’ti

Jako, bo’z to’ti (Psittacus erithacus) — to’tilar turkumiga mansub qush. Tanasining uzunligi 40 santimetrgacha. Tumshug’i baquvvat, pastga qayrilgan. Oyoqlari daraxtda o’rmalab yurishga moslashgan. Dumi qizil, har xil tovlanadigan pati bo’z tusda, shuning uchun bo’z to’ti deb ham ataladi. Afrikaning tropik o’rmonlarida tarqalgan. Gvineyadan to Angolagacha va Nyasa ko’llarigacha uchraydi. Uyasini daraxt kovaklariga soladi. 2 ta tuxum qo’yadi. Kechasi 100-200 tadan bo’lib, baland daraxtlarda tunaydi. Makkajo’xori donini juda yaxshi ko’radi. Jako qafasda saqlanadi va so’zlashga o’rgatiladi. Qo’lda 70 yiddan ortiq yashagani ma’lum. Xalqaro tabiatni muhofaza qilish Ittifoqining qizil kitobiga kiritilgan.