JALA

JALA — shiddat bilan yog’adigan qisqa muddatli atmosfera yog’ini; kuchli yomg’ir. Ba’zan, xo’l qor, qor uchqunlari aralash yog’adi. Jalaning yog’ish jadalligi har soatda 100 millimetrgacha yetadi. Jala bulutdan emas, balki atmosferadagi sovuq frontda joylashgan nobarqaror havo massalaridan yoki konvektsiya natijasida yog’adi. Xalq xo’jaligiga, ayniqsa qishloq xo’jaligiga zarar yetkazishi, suv toshqinlariga sabab bo’lishi mumkin.