Jalandhar, Jallandar

Jalandhar, Jallandar — Hindistonning shimoli-g’arbidagi shahar. Panjob shtatida. Bias va Satlaj daryolari oralig’ida, kichik Osiyo yarim oroli va Markaziy Osiyodan Hindistonga boriladigan muhim qadimiy karvon yo’lida vujudga kelgan. Aholisi 520 mingdan ziyod kishi (1990-yillar o’rtalari). Transport yo’llarining muhim tuguni. Shtatning yirik savdo markazi. To’qimachilik, oziq-ovqat, metallsozlik, ko’nchilik korxonalari bor. Sport buyumlari, o’yinchoqlar va badiiy hunarmandchilik buyumlari ishlab chiqariladi. Abduhafiz Jalilov. Kalontarov uyining shifti (Samarqand. shahri).