Jalilov Ismoil To’laganovich
Jalilov Ismoil To’laganovich (1948.29.1, Toshkent) — opera xonandasi (dramatik tenor). O’zbekiston xalq artisti (2000). Moskva konservatoriyasida ta’lim olgan (1976-80). “Yalyaa” ansambli (1975-76), katta teatr (1979-81), A. Navoiy nomidagi opera va balet teatri (1981-90), Rossiya radio va televidenie qoshidagi estradasimfonik orkestri (1990-98) da yakkaxon xonanda. 1998 yildan O’zbekiston milliy simfonik orkestrining direktori va badiiy rahbari. Nafis, kuchli va keng diapazonli ovoz sohibi. O’zbek va Yevropa operalarida asosiy rollarni mahorat bilan ijro etgan: cho’pon (S. Yudakov, “Maysaraning ishi”), Roziy (S. Jalil, “Zebunniso”), Gersog, Alfred (J. Verdi, “Rigoletto”, “Traviata”), Xoze (J. Bize, “Karmen”) va boshqalar. Kontsert repertuaridan o’zbek (S. Yudakov, H. Rahimov, Ik. Akbarov, A. Ergashev va boshqalar) va chet el (S. Raxmaninov, P. Chaykovskiy, E. Grig, J. Gershvin, A. Babajanyan, tosti va boshqalar) kompozitorlarining asarlari, turli xalq (jumladan, italyan) qo’shiqlari o’rin olgan. AQSh, Yevropa va Osiyo mamlakatlarida gastrolda bo’lgan. Riode Janeyro xalqaro tanlovi g’olibi (1979).