Jaloliddin Imodiy

Jaloliddin Imodiy (? – ?)— tilshunos olim. “Tarjamat ul-l-alfoz il-latiy varadat bil-xorazmiyya Fi asnoi-l-kitobi-l-mavsum bi-“Qunyati- l-Munya” (“tilakka erishish” kitobiga kirgan xorazmiycha so’zlarning tarjimasi”) kitobining muallifi. Asarda qadimgi Xorazmiy tiliga oid so’z va iboralarning forscha yoki Arabcha izohi berilgan. Xorazmiy yozuvida bitilgan boshqa asar va hujjatlar nihoyatda kam bo’lganligi uchun bu asarning ilmiy ahamiyati katta. Jaloliddin Imodiy asarni ustozi Raziyuddin Qisoriyning taklifi bilan yozganligini aytadi. Asar 1382 yil kotib Ibrohim bin Sulaymon Qalasoniy tomonidan ko’chirilgan. Qo’lyozma O’zbekiston Fanlar Akademiyasi Sharqshunoslik institutida saqlanadi (inv. № 3246).