Jamshidpur, Tatanagar
Jamshidpur, Tatanagar — Hindistonning shimoliy-sharqidagi shahar, Bihar shtatida. Aholisi 500 ming kishi chamasida. Temir yo’l tuguni. Jamshidpur 20-asr boshida Gxota-Nagpur yassitog’ligidagi changalzor o’rnida yirik hind monopolistik birlashmasi — “Tata” tomonidan ishchilar shaharchasi sifatida qurilgan. Qora metallurgiyaning markazi. Shahar atrofidan yuqori sifatli temir rudasi, kokslanadigan kumir, flyuslar, o’tga chidamli materiallar qazib chiqariladi. “Tata” kompaniyasiga qarashli yirik zavodlar bor. Og’ir mashinasozlik (quvur, qishloq xo’jalik inventarlari va boshqalar) va kimyo sanoatlari rivojlangan. Yirik elektr stantsiya bor.