Jamukat, Hamukat
Jamukat, Hamukat — Yettisuvda, Talas daryosining so’l tomonida sug’dlar qurgan shahar (6-asr). Narshaxiyning “Buxoro tarixi”da: “buxoroliklar… Tur- kiston va Taroz yaqinida bir shahar bino qilib, uni Hamukat deb atadilar, chunki Buxorodan qochib ketgan toifaning raisi bo’lmish bir katta dehqonning nomi Hamuk edi; “Hamuk” deb, Buxoro tilida gavharga aytiladi, “ket” esa — shahar, ya’ni Hamukat “Hamuk — gavharning shahari” demakdir. Buxoro tilida katta odamni “hamuk”, ya’ni falonchi Gavhar deydilar”, deb yozilgan. Keyingi asrlarda shahar yanada taraqqiy etgan. Arab geografi Muqaddasiy Jamukatni Isfijob (Sayram) viloyati shaharlari ro’yxatida ko’rsatib: “Jamukat qal’asi va jome masjidi, devor bilan o’ralgan rabodida bozorlari bo’lgan kattagina shahar edi”, deb yozadi.