Jangovar vaziyat

Jangovar vaziyat — muayyan joyda, ma’lum davrda jangovar harakatlarga ta’sir ko’rsatadigan omil va sharoitlarning majmui. Jangovar vaziyat dushman kuchlarining holati (tarkibi, ishg’ol qilgan o’rni, ko’zda tutayotgan maqsadi), o’z qo’shinlarining holati (ta’minlanish darajasi, jangovar imkoniyatlari) va qo’shin qismlarning holati, radiasion, kimyoviy va bakteriologik vaziyatning xarakteri; yer sharoiti, joy — rayonning iqtisodi, yerlik aholining ijtimoiy-siyosiy tarkibi va kayfiyati; Meteorologik va iqlimga oid ma’lumotlar, jangovar topshiriq bajarilishi lozim bo’lgan muddat va boshqalarni o’z ichiga oladi. Jangovar vaziyat hamma turdagi razvedka ma’lumotlari, kichik qo’mondonlarning hisobotlari, qo’mondon (shtab) axborotlari; asirlarni va qochib o’tganlarni so’roq qilish va boshqalarga qarab belgilanadi.