Janubi-sharqiy osiyo davlatlari uyushmasi

Janubi-sharqiy osiyo davlatlari uyushmasi (ASEAN) -regional siyosiy-iqtisodiy tashkilot. Indoneziya, Malayziya, Singapur, Tailand va Filippin davlatlari tarkibida tuzilgan (1967). Keyinchalik unga Bruney va Vetnam qabul qilingan. Maqsadi — mazkur davlatlarning iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy va siyosiy hamkorligini rivojlantirish, Janubi-Sharqiy Osiyoda tinchlik va barqarorlikni o’rnatishga ko’maklashish. Tashkilot so’nggi yillarda regionda tinchlik va betaraflik zonasi, shuningdek, yadrosiz zona vujudga keltirish yo’lida harakat qilmoqda. Qarorgohi — Jakarta (Indoneziya)da.