Janubiy Alichur tizmasi
Janubiy Alichur tizmasi – Pomirning Janubdagi baland tog’ tizmasi (Tojikistonda). Uzunligi 150 kilometr. Alichur vodiysi va Yashilko’l havzasi bilan Pomir vodiysi hamda Zo’rko’l havzasi orasidagi suvayirg’ich. Tizmaning tepalari qoyalar, qirrali cho’qqilar va muzlik vodiylaridan iborat bo’lib, doimiy qor va muzliklar bilan qoplangan. Eng baland cho’qqisi 5706 metr. Janubiy Alichur tizmasi granit, gneys, kristalli slaneslardan tarkib topgan. O’simlik siyrak, yon bag’irlarida sho’ra-shuvoq tipli baland tog’-cho’l o’simliklari o’sadi. Muzliklar bor.