Janubiy Shetlend orollari
Janubiy Shetlend orollari — Atlantika okeanining Janubdagi vulqon orollari. Janubiy Amerikaning Janubda, Dreyk bo’g’ozida. 11 ta yirik va bir qancha mayda Orol hamda qoyalardan iborat. Maydoni 4300 km2. Yer yuzasi tog’lik, balandligi 2300 metrgacha, ko’p qismi qor va muz bilan qoplangan. Yanvarning o’rtacha temperaturasi G, iyulniki -10°. Mox va lishayniklar o’sadi. Ross tyuleni, dengiz mushugi, dengiz fili bor. Doimiy aholisi yo’q. Argentina, Buyuk Britaniya, Chili davlatlariga qarashli ilmiy stansiyalar joylashgan. Orol 1819 yilda ingliz dengizchi sayyohi U. Smit tomonidan kashf qilingan.