JARMISHKO’L

JARMISHKO’L – Xorazm viloyati Urganch tumanidagi ko’l. Urganch shahridan 12 kilometr, Guliston qishlog’idan esa 2 kilometr Janubda, Polvonyop kanalining chap sohilida joylashgan. 1960-yillarda maydoni 4,8 kilometr kvadrat, o’rtacha chuqurligi 1,0—1,2 metr bo’lgan. Keyinchalik maydoni ancha kichraygan. Jarmishko’lga tashlama va sizot suvlari quyiladi, turli baliqlar (zog’ora baliq, cho’rtan, laqqa) bor.